Bill Geyts rafiqasi bilan rasman ajrashdi

  • 15:46 / 03.08.2021
  • 411

“Microsoft” asoschisi Bill Geyts rafiqasi Melinda bilan 27 yillik turmushdan keyin rasman ajrashdi. Bu haqida xorijiy nashrlar xabar bergan.

Maʼlum boʻlishicha, 2-avgust kuni sudya Geytslar oilasining rasman ajrashgani haqidagi yakuniy qarorni chiqargan. Sobiq juftlikning ikkisi ham familiyani oʻzgartirish masalasida murojaat qilmaganlar. Mol-mulkning juftlik oʻrtasida qanday boʻlingani haqida ham maʼlumot berilmagan.

Bir muddat avval bu dunyodagi eng qimmat ajrim jarayoni boʻlishi taxmin qilingan edi. Undan avvalgi “rekord” Jeff Bezos va uning rafiqasi Makkenzi Bezosga tegishli boʻlgan.

Taxminlarga koʻra, Bill va Melinda Geyts ajrimiga milliarder tomonidan juftlikka tegishli xayriya fondida ishlaydigan ayollardan birining uchrashuvga taklif etilgani sabab boʻlgan.

Maʼlumot uchun, Bill Geyts dunyodagi eng badavlat shaxslar beshtaligiga kiradi. Uning ayni vaqtdagi boyligi 130 milliard AQSh dollariga baholangan.