Bir kunda $7 milliardga boyigan Ilon Mask tez orada yana eng badavlat kishiga aylanishi mumkin

  • 11:32 / 02.05.2021
  • 148

SpaceX, Tesla, Neuralink va boshqa bir nechta kompaniyalar asoschisi Ilon Maskning boyligi bir kunda $7 milliardga ko‘paydi.

Bloomberg Billionaires Index ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi bir sutka mobaynida Mask sarmoyasi 7 milliard AQSh dollaridan oshiq miqdorga ko‘paygan. Hozirda u 182 milliard dollar bilan eng boylar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda turibdi. Birinchi pog‘onani esa Amazon hamda Blue Origin kompaniyalari muassisi Jeff Bezos band etgan – uning boyligi 202 milliard dollarga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, undan bir oy avval Maskning boyligi taxminan 151 mlrd dollar, Bezos sarmoyasi esa 177 mlrd dollarga baholangan edi. O‘shanda ularning boyligi orasidagi farq 26 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 20 mlrd dollarga pasaygan. Agar Bitcoin narxi oshishda davom etsa, Tesla rahbari yaqin orada sayyoradagi eng boy kishiga aylanishi ham mumkin.