Birinchi arab ayol kosmonavti kosmosga chiqadi 

  • 15:20 / 11.04.2021
  • 169

Birlashgan Arab Amirliklari insoniyat tarixidagi birinchi arab ayol kosmonavtini kosmosga yuboradi. Bu haqida mamlakat bosh vaziri Muhammad bin Rashid Al Maktum ma’lum qilgan. 

Ayni vaqtda BAA ikki kosmonavtni kosmosga uchirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Nura Al Matrush ismli arab ayoliga uning hamkasbi al-Mulla hamrohlik qiladi. Kosmonavtlar 4000 nafar nomzod orasidan tanlab olingan.
 
Tez orada BAA fazogirlarining ismi Milliy aeronavtika va fazoni tadqiq qilish boshqarmasi (NASA)ning kosmonavtlarni tayyorlash dasturiga qo‘shiladi.