Birja: Onlayn auksion orqali 2 milliard so‘mlik avtomobil raqamlari sotildi

  • 12:44 / 15.01.2020
  • 551

2020-yilning 6 – 12-yanvarlarida “O‘zRTXB” AJ da 715,5 mlrd. so‘mlik bitimlar tuzildi, bu esa avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 53,4 foizga ko‘p. Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 9,9 foizga o‘sib, 271,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Shu jumladan, birja savdolarining hajmi 426,2 mlrd. so‘mdan 671,5 mlrd. so‘mga oshdi. Valyuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning qiymati 2,0 mln. AQSh dollarni tashkil etdi. Eksport tarkibida polietilen mahsulotlarning ulushi 58 foiz, piroliz gazolini 34 foiz va paxta tolasi 8 foizni egallashdi.

Ko‘rgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi 165,3 foizga o‘sib, 25,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Kichik biznes sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar 5,4 mlrd. so‘mni yoki tuzilgan bitimlarning 21 foizni egalladi.

O‘tgan haftada davlat xaridlari bo‘yicha xarid.uz maxsus axborot portalida tuzilgan bitimlarning hajmi 16,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Byudjet va korporativ buyurtmachilarning pul mablag‘ini tejalishi 3,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 504 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,0 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 20,6 foiz birinchi toifadagi avtoraqamlarga 49,6 foiz ikkinchi va 29,8 foiz uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.