Bitta xorijiy tilni oʻrganish uchun qancha vaqt kerak boʻladi?

  • 11:23 / 11.06.2021
  • 276

Bitta xorijiy tilni oʻzlashtirib olish uchun oʻrtacha qancha vaqt sarflash kerak? Bugungi kunda ushbu savol nafaqat maktab oʻquvchilari va talabalar, balki kattalarni ham birdek qiziqtiradi. Tilshunoslar bu masalada bir nechta omillar muhim oʻrin tutishini taʼkidlaydilar.

Bular:

1. Oʻrganmoqchi boʻlgan tilingizni qay darajada bilishingiz

2. Til oʻrganish bobidagi tajribangiz

3. Aynan qaysi tilni oʻrganmoqchi ekanligingiz

4. Til oʻrganishga qay darajadagi tirishqoqlik bilan bel bogʻlashingiz

5. Til oʻrganish uchun qancha mablagʻ sarflashga tayyor ekanligingiz

 

Chet tillarini oʻzlashtirish kompetensiyasi boʻyicha Umumiy Yevropa shkalasidan kelib chiqqan holatda bitta chet tilini oʻrganish uchun kerakli vaqtni taxminan aniqlash mumkin:

A1 – asosiy yoki yashash uchun kerakli darajada bilish – 60-100 soat

A2 – asosiy ilgʻor daraja – 160-200 soat

V1 – boshlangʻich oʻrta daraja – 360-400 soat

V2 – oʻrtacha ilgʻor daraja – 560-650 soat

S1 – professional darada – kamida 800-950 soat

S2 – mukammal darajada bilish – 1000-1200 soat

Ushbu soatlarni oʻz vaqtingizga koʻra taqsimlashingiz mumkin. Shuni ham unutmaslik kerakki, har bir insonning til oʻrganish qobiliyati turlicha boʻladi. Til oʻrganish uchun kerakli vaqt davomiyligi ham ana shunga qarab oʻzgarishi mumkin.