BMT O‘zbekistonga ekologik muammolarni hal etishda ko‘maklashadi

  • 15:00 / 15.06.2021
  • 168

Taraqqiyot dasturining Yevropa va MDH mintaqaviy byurosi direktori bilan uchrashuv to‘g‘risida 2021-yilning 15-iyun kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G’ayrat Fozilov BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa va MDH bo‘yicha mintaqaviy byurosi direktori Miryana Spolyarich Egger bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va BMT Taraqqiyot dasturi o‘rtasidagi hamkorlikning holati va kelgusidagi rivojlanish istiqbollari to‘g‘risida fikr almashildi.

Vazir o‘rinbosari BMT, jumladan BMT Taraqqiyot dasturining ekologik muammolarni hal etishga ko‘maklashishga qaratilgan sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Tomonlar BMT Bosh Assambleyasi tomonidan O‘zbekiston Prezidenti ilgari surgan "Orol dengizi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi” deb e’lon qilish to‘g‘risidagi qarorini bir ovozdan qabul qilinganligini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Shu nuqtayi nazardan, Orol dengizining qurishi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha birgalikdagi harakatlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Bo‘lajak turli darajadagi qo‘shma tadbirlarning jadvali alohida ko‘rib chiqildi.