BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili Xelena Freyzer mamlakatdagi missiyasini yakunladi

  • 14:41 / 22.07.2021
  • 213

BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili Xelena Freyzer 2021-yil 22-iyul kuni mamlakatimizdagi missiyasini yakunladi.

1-sentyabrdan Freyzer xonim BMTning Dasturlar va siyosat boshqarmasi rahbari, BMTning 132 mamlakatdagi agentliklari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari sifatida yangi lavozimga kirishadi (BMTning Nyu-Yorkdagi shtab kvartirasida).

Xelena Freyzer 2017–2021-yillarda O‘zbekistondagi faoliyati davomida Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast fondining tashkilotchilari qatorida bo‘lgan. Xususan, u BMTning yuqori darajadagi rasmiylari va donor davlatlar vakillari ishtirokida Fondni rasmiy ravishda ishga tushirilishida muhim rol o‘ynadi. To‘rt yil davomida Fond Yevropa Ittifoqi, Koreya va Finlyandiyaning 20 million AQSh dollaridan ziyod mablag‘larini jalb qila olgan.

Shuningdek, uning ko‘magida Qochqinlar bo‘yicha Oliy Komissarning O‘zbekistondagi vakolatxonasi qayta faoliyat boshlagan hamda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ochildi hamda Xalqaro migratsiya tashkiloti O‘zbekistonda rasman akkreditatsiyadan o‘tkazilgan.