Bobur Yoʻldoshev qizining ochiq-sochiq kiyinganini tanqid qilganlarga “oʻz farzandlarini tarbiyalash”ni maslahat berdi

  • 15:21 / 03.06.2021
  • 191

Taniqli aktyor Bobur Yoʻldoshev bundan bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga qizi bilan birga tushgan suratini joylagan edi. Ushbu surat tarmoqda koʻplab muhokamalarga sabab boʻldi. Bobur Yoʻldoshevning oʻzi esa internet foydalanuvchilarini birovlarning ishiga aralashmaslikka chaqirdi.

“Kecha qizim haqida juda yoqimsiz gaplar aytildi. Afsuski, oʻsha vaqtda yonimda emasdilaring, boʻlmasa basharalaringni buzib qoʻyardim. Birovlarning farzandini qanday tarbiya qilishni, nima kiydirishni oʻrgatmanglar. Oʻz farzandlaringizni tarbiya qilinglar va jim yuringlar”, dedi aktyor.

Maʼlumot uchun, Bobur Yoʻldoshevning 4 nafar – 2 oʻgʻil va 2 qiz farzandi bor.