Bolalar ustidan pul sochgan fuqaroga chora ko‘rildi

  • 16:39 / 14.05.2021
  • 278

Ijtimoiy tarmoqlarda urgutlik yigitning pul sochayotgani aks etgan videolavha ko‘plab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyat IIB rasmiy ma’lumot berdi.

Urgut tumani “Vag‘ashti” mahallasida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan N.J. Ramazon hayiti munosabati bilan qarindosh va qo‘shnilarini mehmondorchilikka chaqirib, ularning farzandlarini xursand qilish maqsadida ustilariga pul sochgan.  

N.J. bilan olib borilgan suhbat davomida u qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini bildirdi.

Fuqaro va uning yaqin qarindoshlari bilan kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida profilaktik suhbat o‘tkazilib, fuqaroga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.