Bolgariyada MiG-29 qiruvchi samolyoti harbiy mashg‘ulot paytida radarlardan g‘oyib bo‘ldi

  • 17:19 / 09.06.2021
  • 172

Bolgariya harbiy havo kuchlari qiruvchisi o‘quv mashgulotlari paytida radarlardan g‘oyib bo‘ldi, deb xabar beradi Bolgariya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, samolyot Qora dengiz ustidan 9-iyun soat 00:45 da uchib o‘tayotganda aloqa uzilib qolgan.

“Darhol qidiruv-qutqaruv operatsiyasi boshlandi, ayni paytda davom etmoqda. Bunga Dengiz kuchlari, chegara politsiyasi va Harbiy havo kuchlari jalb qilingan”, – deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.

Hukumat vakillari voqea joyiga yetib borgan va o‘quv mashg‘ulotlari to‘xtatilgan.