Boliviya parlamentida deputatlar mushtlashib ketdi (video)

  • 05:05 / 10.06.2021
  • 146

Boliviyada deputatlar parlament yig‘ilishida mushtlashib ketishgan. Bu haqda Daily Mail xabar qildi.

Janjal yig‘ilishda konservativ partiya deputati, sobiq prezident Janin Anyesning hibsga olish masalasini ko‘rib chiqish chog‘ida kelib chiqqan.

Favqulodda kadrlarda Boliviya parlamenti qarama-qarshi siyosatchilar sobiq prezidentning hibsga olinishi to'g'risidagi munozarada mushtlashib ketgan payt aks ettirilgan.

Xabar qilinishicha, janjal muxolifatdagi siyosatchi Genri Romero va sotsial partiyaning a’zosi Antonio Kolkelar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan.

Ularning partiyalari sobiq prezident Anezning saylovdagi firibgarliklar ortidan hukumatiga rahbarlik qilganligini aytishmoqda. Shuningdek, ular Janin Anyesga sobiq prezident Evo Moralesni ag'darish uchun davlat to'ntarishi o‘tkazganlikda ham ayblashyapti.