Bollivud goʻzallari pardoz va fotoshopsiz qanday koʻrinishadi?

  • 15:45 / 13.09.2021
  • 1016

Bollivudning jozibali aktrisalariga koʻpchilik ayollarning havasi keladi. Aslida ular ham pardoz vositalari va fotoshop yordami boʻlmasa oddiy ayollardan farqli koʻrinishga ega emaslar. Ishonmaysizmi?

Ayshvariya Ray

Ayshvariya dunyoning birinchi raqamli goʻzallari qatorida tan olingan aktrisa. U pardozsiz koʻrinishda ham yorqin qiyofasi bilan kishini oʻziga tortib turadi. 48 yoshlik ayol uchun ajoyib natija!

Priyanka Chopra

Priyanka Chopra pardozsiz koʻrinishdan qoʻrqmaydigan sanoqli aktrisalardan biri. Uni ham tabiiy goʻzallik sohibasi sifatida tilga olish mumkin, shunday emasmi?

Sonam Kapur

Sonamning pardozsiz holati koʻzlar ostidagi qora halqalarni hisobga olmaganda biz qizil yoʻlaklarda koʻrib oʻrgangan nafis qiyofadan koʻp ham farq qilmaydi.

Katrina Kaif

Tan olish kerakki, Katrina kosmetik vositalar yordami bilan tashqi koʻrinishiga yorqinlik bagʻishlaydi, pardozsiz esa biroz rangpar koʻrinadi.

Juxi Chavla

1984-yilda “Hindiston goʻzali” unvonini qoʻlga kiritgan aktrisa plastik jarrohlik amaliyotiga bir necha bor murojaat qilgan, shunga qaramasdan 53 yoshda chiroyli va yorqin koʻrinadi.

Karina Kapur

Karina Kapurning Instagram sahifasida uning pardozsiz holatda tushgan suratlari yetarlicha. Karina tabiiy koʻrinishidan zarracha uyalmaydi, ayrimlar uni tashqi koʻrinishi uchun tanqid qilishlariga qaramay, haqiqiy muxlislar uni mana shunday koʻrinishda yaxshi koʻrishadi.

Anushka Sharma

Ming afsuski, Anushka Sharma hali yosh boʻla turib, bir necha bor plastik jarrohlik amaliyotlariga murojaat qilib ulgurgan. Ammo, bu uning pardozsiz holatida ham yoqimtoy koʻrinishiga toʻsqinlik qilolmaydi.