Boris Jonson Yevro-2020 finalidan so‘ng: “Ular uyalishsin. Angliya futbolchilarini qahramon deb maqtash kerak” 

  • 17:21 / 12.07.2021
  • 326

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Yevro-2020 finalida Angliya Italiyaga penaltilar seriyasida yutqazgandan so‘ng, ba’zi ingliz futbolchilarini irqiy haqorat qilgan kimsalarni qoraladi.

“Angliya terma jamosi a'zolari ijtimoiy tarmoqlarda irqiy haqorat qilinishga loyiq emas. Aksincha, ularni qahramon sifatida maqtash kerak. Ushbu jirkanch haqorat uchun javobgar bo‘lganlar o‘zlaridan uyalishlari kerak”, – deya ta’kidlagan siyosatchi.

Eslatib o‘tish joiz, uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha vaqtlari 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Angliya futbolchilari Markus Rashford, Jeydon Sancho va Bukayo Sakalar esa penaltilar seriyasidan unumli foydalana olishmadi. 

Uchrashuv Italiya terma jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi (1: 1, 3:2 - penaltilar seriyasida). Bahsdan keyin qora tanli ingliz futbolchilari ijtimoiy tarmoqlarda irqchilarning turli haqoratomuz fikr-mulohazalariga duchor bo‘lishdi.