Bosh vaziri Abdulla Aripovning qanday vaksina bilan emlangani aytildi

  • 11:48 / 05.08.2021
  • 539


O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov ZF-UZ-VAC-2001 o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan birinchilardan bo‘lib emlangan. Bu haqdagi axborotni Bosh vazir matbuot xizmati xodimi Bekzod Hidoyatov “Daryo”ga tasdiqlagan.

Ma’lum bo‘lishicha, bosh vazir Abdulla Aripov o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan 2021 yil boshida to‘liq emlanib bo‘lgan. Uch bosqichli emlanish jarayonining birortasidan so‘ng hukumat rahbarida nojo‘ya ta’sirlar sezilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi vaksina qabul qilgani aytilga, biroq aynan qaysi vaksina bilan emlanganiga oydinlik kiritilmagan edi.