Bo‘ston tumani hokimi vazifasiga yana ayol kishi tayinlandi

  • 10:13 / 24.08.2021
  • 301

Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Unda Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi lavozimiga Nosirova Sanobarxon Abdinabiyevna tayinlandi.

Nosirova Sanobarxon Abdinabiyevna 1970-yilda Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan. 1992-yilda Andijon paxtachilik institutini hamda 2005-yilda Andijon muhandislik va iqtisodiyot institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1992-yili Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Savoy qishloq xo‘jalik texnikumida o‘qituvchilikdan vazifasidan boshlagan.

2016-yildan tayinlovga qadar Nosirova Sanobarxon Abdinabiyevna Qo‘rg‘ontepa tumani “El rizqi non” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, tumanning avvalgi hokimi Sadbarxon Mamitova bo‘lib, u 2020-yil 4-martdan beri Bo‘ston tumani hokimi bo‘lib ishlab kelayotgan va joriy yilning 31-iyul kuni 56 yoshida vafot etgan edi.