Bo‘stonliqda “KamAZ” kanalga tushib ketdi. U texnik nosozligi sabab orqaga harakatlanib ketgan

  • 20:36 / 05.07.2021
  • 755

Joriy yilning 4-iyul kuni soat 10:00larda Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida haydovchi, 1964-yilda tug‘ilgan K.B. "Kamaz-5511" rusumli yuk avtomashinasida ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga chiqish uchun kutib turgan vaqtda orqa tomonga harakatlanib ketib “Parkent” kanaliga tushib ketgan.

IIV YHXBB ushbu holat natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘qligini ma’lum qildi. 

Biroz vaqtdan so‘ng avtomashina kanaldan olib chiqilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bo‘stonliq tuman IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.