Bozordagi narxni tushirish tadbirkorlarni majburlash degani emas – Prezident

  • 15:41 / 08.06.2021
  • 93

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlik va aholi bandligi masalalari bo‘yicha vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. 

Yig‘ilishda bozorlarda mahsulotlar narxini barqaror ushlab turish masalasi ham muhokama qilindi.

“Bozordagi narx-navoni barqaror ushlab turish, bu – tadbirkorlarni majburlash, ularga mahsulotini past narxlarda sottirish, degani emas. Birinchi galda, tadbirkorlarga bozorda taklifni ko‘paytirish uchun sharoit yaratib berish kerak. Shuningdek, chorvachilikning qisqa muddatlarda yuqori natija beradigan yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratish lozim”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 Shuningdek, davlat rahbari chorvachilikning qisqa muddatlarda yuqori natija beradigan yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratish hamda yil yakuniga qadar parranda go‘shti yetishtirishni 450 ming tonnaga yetkazish kerakligini ta’kidlab o‘tdi. 

“Eng tez yetishtirish imkoniyati mavjud mahsulot, bu parranda go‘shti. Parranda 1 kilogramm vazn olishi uchun 1,7 kilogramm, qoramolga esa 8 kilogramm ozuqa-yem talab etiladi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida.