Bred Pitt Anjelina Joli bilan sudlashib farzandlari vasiyligini qoʻlga kiritdi

  • 21:12 / 27.05.2021
  • 126

Gollivudning taniqli aktyori Bred Pitt endilikda sobiq rafiqasi bilan teng huquq asosida farzandlariga vasiylik qilishi mumkin.

Sud jarayoni salkam besh yil davom etgan. Vasiylik kelishuviga maʼlum oʻzgartirishlar kiritilgan.

“Bred oʻz vaqtini bolalari bilan oʻtkazishga harakat qilardi. Anjelina esa bunga toʻsqinlik qilgan. Jarayon bir necha oylar mobaynida davom etdi, ishga koʻplab guvohlar, ekspertlar, terapevtlar va bolalar bilan aloqada boʻlgan yana koʻpchilik jalb qilindi”, deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, yulduzlar 2016-yilda ajrashish uchun ariza topshirganlar. Ularning umumiy hisobda 6 nafar farzandlari bor. Bolalarning uch nafari – Meddoks, Paks va Zaxara Joli-Pittlar juftlik tomonidan asrab olingan.