Bred Pitt va Anjelina Joli ajrim uchun $2 mln sarfladi  

  • 12:30 / 03.04.2021
  • 225

Bred Pitt va Anjelina Joli 5 yil davomida ajrimni qayd etish hamda vasiylik yuzasidan sud jarayonlari uchun 2 million AQSh dollari miqdorida pul sarf etishdi.

Ajrim jarayonining yana olti yilga cho‘zilishi taxmin qilinmoqda.
Sobiq juftlik bir necha million dollarlik boylikni bo‘lib olish va besh nafar voyaga yetmagan farzandlarining vasiyligi borasida kelishuvga erisha olmaganlar.

Ma’lumot uchun, ajrim jarayoni 2016-yilning sentyabr oyida boshlangan.