Britni Spirs Instagramʼdagi rasmiy sahifasini oʻchirib tashladi

  • 13:53 / 16.09.2021
  • 204

Amerikalik xonanda Britni Spirs Instagram ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy sahifasini oʻchirib yubordi. Bu holat uning Sem Asgari bilan unashtirilgani eʼlon qilinganidan keyin sodir boʻlgan.

Ayni vaqtda uning muxlislari xonandani izlab birorta ham surat mavjud boʻlmagan sahifaga kirmoqdalar. Undan avval ijodkorning sahifasida 34 millionta obunachi boʻlgan.

Xonanda Instagram sahifasidagi oxirgi postida otasining vasiyligiga qarshi kurashayotgani haqida yozgan edi.

Shunga qaramay, xonandaning Twitterʼdagi rasmiy sahifasi haligacha ishlab turibdi. Ijodkor bu yerda muxlislarni qiziqtirgan masalada izoh qoldirgan: “Xavotir olmanglar. Shunchaki unashtirilganimni nishonlash uchun ijtimoiy tarmoqlardan ozroq dam olaman. Tez orada qaytaman!”.

Bundan bir muddat avval 39 yoshli xonanda Sem Asgari bilan unashtirilgani haqida maʼlum qilgandi. Yigit model va fitnes murabbiyi sifatida faoliyat olib boradi. U boʻlgʻusi turmush oʻrtogʻi bilan 2017-yilda tanishgan.