Bugun Messi boshchiligidagi Argentina rasmiy turnirdagi ishtirokini boshlaydi

  • 14:55 / 14.06.2021
  • 197

Bugun tongda Amerika qit’asidagi yirik musobaqa “Kopa Amerika” turniriga start berildi. 

Mazkur musobaqaning dastlabki turidan o‘rin olgan bir necha uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi. Dastlab, “B” guruhida mezbon Braziliya Venesuela ustidan yirik, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga, Markinyos, Neymar va Gabriel Barbosalar mualliflik qilishdi.

Shuningdek, Ekvador va Kolumbiya to‘qnashuvida kolumbiyaliklar kichik, 1:0 hisobi bilan raqibdan ustun kelishdi. Uchrashuvdagi yagona gol Edvin Kardona hisobiga yozildi.

Bugungi kun tartibida “A” guruhi doirasidagi uchrashuvlar, Toshkent vaqti bilan tonggi 02:00da Argentina - Chili hamda 04:00da Paragvay - Boliviya terma jamoalari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar bo‘lib o‘tadi.

Teglar