Bugun O‘zbekiston bo‘yicha quruq va juda issiq ob-havo saqlanib turadi 

  • 09:12 / 07.06.2021
  • 125

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha quruq va juda issiq ob-havo saqlanib turadi. Ba’zi joylarda shamol changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 38-43 daraja, janubda ba’zi joylarda 44-46 darajagacha bo‘ladi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 40-42 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 26-31 daraja bo‘ladi.