Bugun Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

  • 10:06 / 29.04.2021
  • 267

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 29-aprel kuni amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi.
Rasmiy tashrif doirasida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati.

Muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari o‘rin olgan.

Davlat rahbarlari Turkmaniston yetakchisining otasi xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadilar.