Bugungacha O‘zbekistonda qancha doza vaksinadan foydalanildi va u eng ko‘p qaysi viloyatga to‘g‘ri keladi?

  • 21:48 / 06.06.2021
  • 258

5-iyunda mamlakatimiz hududlari bo‘ylab 40 ming 799 doza COVID-19 ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Bu haqda SSV ma’lum qildi

Vaksinalarda 1-bosqich emlanganlar 18 ming 581 nafarni, 2-bosqich emlanganlar 19 ming 862 nafarni hamda 3-bosqich emlanganlar 2 ming 356 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 2 million 335 ming 997 doza vaksinadan foydalanilgan bo‘lib, ulardan 1-bosqich emlanganlar 1 million 467 ming 138 nafar, 2-bosqichda emlanganlar 86 ming 117 nafarni, 3-bosqich emlanganlar esa 8 ming 742 nafariga tashkil qildi. 

5-iyun kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni Andijon (6024 doza), 
Toshkent (5040 doza) va Namangan viloyati (4977 doza) qayd etgan. 

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar Farg‘ona viloyatida 289 ming 105 doza,  Namangan viloyatida 275 ming 212 doza, Andijon viloyatida 268 ming 996 doza hamda Samarqand viloyatida 219 ming 854 dozani tashkil etdi.

Shuningdek, O‘zbekistonda 8742 nafar kishi 3-doza vaksinalari bilan emlandi.

Emlash jarayonlari hali davom etadi.