Bugungi kun futbol muxlislari uchun ataladi

  • 08:32 / 14.09.2021
  • 95

Bugun katta futbol kuni. Mamlakatimizda Superliga 18-tur uchrashuvlariga start beriladi. Osiyo Chempionlar ligasida nimchorak final bahslari boshlanadi. Yevropa Chempionlar ligasida esa guruh uchrashuvlarining ilk turiga guvoh bo‘lamiz. Shuningdek, Litva davlatida futzal bo‘yicha Jahon chempionati davom etmoqda. Uchrashuvlar anonsi va ular namoyish etiladigan telekanallar haqida ma’lumot beramiz.

O‘zbekiston Superligasining 18-tur doirasida bugun bitta o‘yin o‘tkaziladi. Qo‘qon shahrida maxalliy “Qo‘qon-1912” jamoasi Muborakning “Mash’al” klubini qabul qiladi.

Coca-Cola Superliga. 18-tur
14 sentyabr, seshanba

16:15    QO‘QON-1912 – MASH’AL    SPORT TV

Hakamlar: Elyor Tursunov, Andrey Sapenko, Timur Gaynullin, Lochinbek Dolimov

Nazoratchi: Rashid Aytekov

VAR hakami: Asker Najafaliyev

VAR assistenti: Timur Galeyev

VAR nazoratchi: Valentin Kovalenko

Komissar: Sherzod Rajabov. 

18-turning qolgan uchrashuvlari erta va indinga bo‘lib o‘tadi.

Bugun shuningdek, Osiyo Chempionlar ligasida nimchorak final bahslari boshlanadi. 

14:00    “Nagoya” (Yaponiya) – “Tegu” (Janubiy Koreya)           FUTBOL TV
16:00    “Ulsan” (Janubiy Koreya) – “Kavasaki” (Yaponiya) FUTBOL TV
20:00    “Istiqlol” (Tojikiston) – “Persepolis” (Eron)   FUTBOL TV
21:00    “An-Nasr” (Saud. Arabistoni) – “Traktorsozi” (Eron) UZREPORT TV
22:00    “Al-Sharja” (BAA) – “Al-Vaxda” (BAA)                  FUTBOL TV

Nimchorak finalning yana 2 uchrashuvi ertaga bo‘lib o‘tadi.

Yevropa Chempionlar ligasi. Guruh bosqichi. 1-tur

“Е” guruhi
23:55    “Dinamo” (Kiyev, Ukraina) – “Benfika” (Portugaliya)    SPORT 2
23:55    “Barselona” (Ispaniya) – “Bavariya” (Germaniya)               SPORT TV

“Gʻ” guruhi
21:45    “Yang Boyz” (Shveysariya) – “Manchester Yunayted” (Angliya) SPORT TV
23:55    “Vilyarreal” (Ispaniya) – “Atalanta” (Italiya)        

  

“G” guruhi
21:45    “Sevilya” (Ispaniya) – “Red Bull Zalsburg” (Avstriya)  MAHALLA
23:55    “Lill” (Fransiya) – “Volfsburg” (Germaniya) 

“N” guruhi
23:55    “Chelsi” (Angliya) – “Zenit” (Rossiya)     MAHALLA
23:55    “Malmyo” (Shvesiya) – “Yuventus” (Italiya)    YOSHLAR