Burak O‘zchivit: “Muhabbat bu ilohiy tuyg‘u!”

  • 21:30 / 06.04.2021
  • 166

Turk matbuoti vakillari yulduzlarning muhabbat haqidagi fikrlarini bir yerga jamlab, internet foydalanuvchilariga ular orasidagi eng yaxshi jumlalarni tanlash imkoniyatini berishdi. Foydalanuvchilarning aksariyatiga aktyor Burak O‘zchivitning 2015-yilda bergan intervyusidan olingan so‘zlar ma’qul bo‘lgan.

“Men muhabbat haqidagi qoidalarni qabul qila olmayman, sababi bu haddan tashqari chuqur tuyg‘u. Sevib qolganingda o‘zliging namoyon bo‘ladi, haqiqiy “o‘zing”ni ko‘ra boshlaysan. Biz sevib qolganda haqiqiy va o‘zimizning qarshimizda rostgo‘y insonga aylanamiz. Muhabbat – ilohiy tuyg‘u, uni o‘rganib bo‘lmaydi, boshqa olamdan kelgan ushbu hissiyot o‘zingni tushunishga yordam beradi”, degan ijodkor.

Internet foydalanuvchilari yulduzlar orasida aynan Burak O‘zchivit muhabbatni ajoyib so‘zlar bilan ta’riflab bera olgan degan xulosaga kelishgan.