Buxoro viloyatining bosh soliqchisi Gʻijduvon tumaniga hokim etib tayinlandi

  • 10:00 / 12.08.2021
  • 362

Bugun, 12-avgust kuni Xalq deputatlari Gʻijduvon tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilib, Gʻijduvon tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Murodjon Anvarovich Umarov o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod etilganligi aytib o‘tildi. 

Viloyat hokimi Botir Zaripov Gʻijduvon tuman hokimi lavozimiga ayni vaqtga qadar Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Ashurov Sherzod Raximovich nomzodini tavsiya etdi.

Ushbu taklif Xalq deputatlari Gʻijduvon tumani Kengashi deputatlari tomonidan ma’qullandi.