Buxoroda soxta “Milliy gvardiya” xodimi qo‘lga olindi

  • 13:41 / 14.05.2021
  • 213

Buxoro viloyatida soxta Milliy gvardiya xodimi ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga fuqarodan pul talab qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Vobkent tumanida yashovchi, 2000-yilda tug‘ilgan M.S. ismli shaxs, o‘zini buxorolik B.M. ga “Milliy gvardiya xodimi” sifatida tanishtirib, unga sodir etgan huqubuzarligi yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga 200.000 so‘m berishni talab qilib, ushbu pullarni Buxoro shahar A.Somiy ko‘chasida joylashgan “Rahmatillo” savdo do‘koni oldida olayotgan vaqtida Buxoro shahar IIO FMB va Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan M.S.ga nisbatan JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.