Buxorodagi Abdullaxon madrasasi devorining qulashi ortidag jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

  • 10:54 / 06.08.2021
  • 292

Joriy yil 30-iyul kechasi Buxoroda XVI asrda qurilgan “Abdullaxon” madrasasi devorining bir qismi o‘pirilib tushdi. Holat yuzasidan viloyat hokimligining bildirgan munosabatiga ko‘ra, bunga ko‘p yillik texnogen jarayonlar (issiq va sovuq iqlim, yog‘ingarchiliklar va yerosti suvlarining ko‘tarilishi) sabab bo‘lgan.

Biroz vaqt o‘tib, holat bo‘yicha Madaniy meros agentligining viloyat boshqarmasi, Buxoro shahar hokimligi, restavratorlar va soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzilgani va vaziyat o‘rganilgani aytilib, madrasa devorining o‘pirilib tushgan qismini belgilangan tartibda tegishli loyiha asosida qayta tiklash va zaruriy restavratsiya ishlarini tashkil etish ishlari boshlangani bildirildi.

Bugun, 6-avgust kuni mazkur holat bo‘yicha viloyat prokuraturasi ham rasmiy bayonot berdi. Unga ko‘ra, holat bo‘yicha viloyat prokuraturasi o‘rganish olib borgan.

O‘rganish natijasida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 207-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.