Buyuk Britaniyada karantin cheklovlari bekor qilinadi

  • 16:59 / 06.07.2021
  • 197

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson joriy yilning 19-iyul sanasidan boshlab COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan eʼlon qilingan cheklovlar bekor qilinishini aytib oʻtdi.

Maʼlumotlarga koʻra, Buyuk Britaniya bundan 2 hafta oʻtib odatiy hayot tarziga qaytadi: korxonalar va tashkilotlar faoliyatiga cheklov qoʻyilmaydi, masofaviy ish boʻyicha talablar ham boʻlmaydi. Jonsonning aytishicha, mamlakatdagi odamlarning koʻpchiligi emlanib boʻlgan va bu “koronavirusni oʻtmishda qoldirish”ga urinib koʻrish uchun yetadi.

Jonson oʻz rejalari haqida eʼlon qilgan boʻlishiga qaramay, mamlakatda koronavirus bemorlari soni ortmoqda, olimlar odamlarni pandemiyaning yangi toʻlqinidan ogohlantiryaptilar.