Buyuk Britaniyada karantin cheklovlari yumshatiladi 

  • 15:43 / 06.04.2021
  • 138

Buyuk Britaniyada 12-aprel sanasidan boshlab karantin cheklovlari yumshatiladi. Mamlakat bosh vaziri Boris Jonson buyum va kiyim do‘konlari, go‘zallik salonlari, hayvonot bog‘lari, sartaroshxonalar, sport zallari, mijozlarga ko‘chada xizmat ko‘rsatuvchi ovqatlanish shoxobchalari ochilishini ma’lum qilgan. 

Shunga qaramay, fuqarolar ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari, qo‘llarni doimiy ravishda yuvib yurish, niqob taqish va ijtimoiy masofa saqlash kabi qoidalarga amal qilishlari kerak bo‘ladi. 

17-may sanasidan boshlab esa restoran, kinoteatr, mehmonxonalar faoliyatiga ham ruxsat berilishi kutilmoqda.