Chaqiruvga ketayotgan “tez yordam”ning yo‘lini to‘sgan YPX xodimlari ishdan olindi

  • 14:23 / 22.06.2021
  • 313

Avvalroq, Surxondaryo viloyati Termiz shahri ko‘chalarining birida xizmat vazifasini o‘tayotgan YPX xodimi tez tibbiy yordam avtomobilini o‘tkazmaganligi aks etgan videotasvir tarqalgan va holat yuzasidan IIV YHXBB rasmiy munosabat bildirishi ma’lum qilingan edi.

Ma’lum qilinishicha, yuqoridagi xatti-harakatlari bilan keng jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘lgani uchun Surxondaryo viloyati IIB YHXBning 2021-yil 21-iyun kunidagi xizmat tekshiruvi xulosasiga ko‘ra, inspektorlar egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15–17-iyun kunlari Surxondaryo viloyatida "Yoshlar festivali" o‘tkazilganligi munosabati bilan YPX xodimlari xizmatga jalb etilib, ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati cheklangan.