Chaqmoq chaqqanda nima qilish kerakligini bilasizmi?

  • 16:40 / 10.06.2021
  • 408

Sayyoramizda har soniyada 50 martadan koʻproq chaqmoq chaqadi. Ulaning aksariyatida zarba tezligi soatiga 50 ming kilometrni tashkil qiladi. Chaqmoqning harorati Quyosh yuzasi haroratidan 6 marta yuqoriroq boʻladi (Quyosh yuzasi harorati – 3000 daraja).

Chaqmoq chaqqan vaqtda koʻchada boʻlsangiz ushbu qoidalarga amal qiling:

1. Chaqmoqdan qochish uchun yugurmang. Zudlik bilan tinch va pana joyga oʻting.

2. Ochiq joylar (dala, plyaj) da qolib ketmang.

3. Agar bu vaqtda sohilda yoki basseynda boʻlsangiz, darhol suvdan chiqib, quruq kiyimlarni kiyib oling.

4. Avtomobil – chaqmoqdan himoyalanish uchun eng qulay joylardan biri hisoblanadi.

5. Nam devorlar, metall panjara va toʻsiqlarga teginmang.

6. Antennalar, elektr uzatuvchi simlar yonidan nari keting.

7. Unutmang: atrofidagi daraxtlar qanchalik baland boʻlsa, uni chaqmoq urishi ehtimoli unchalik katta boʻladi.

8. Agar toqqa chiqqan boʻlsangiz, qoyalar yoki togʻ yonbagʻrida turmang.

9. Chaqmoq chaqayotgan vaqtda bir necha kishining toʻplanib turishi mumkin emas.

10. Telefonda gaplasha koʻrmang. Bu vaqtda telefonni butunlay oʻchirib qoʻyganingiz maʼqul. Sizga birovning qoʻngʻiroq qilib qolishi ham chaqmoq urishiga sabab boʻlishi mumkin.

11. Zirak, uzuk va shu kabi taqinchoqlarning barchasini yechib, polietilen paket ichiga solib qoʻying.

12. Chaqmoq chaqayotganda soyabondan foydalana koʻrmang. Uning asosini tashkil qiluvchi metall chaqmoq hujumiga uchrashi mumkin.

13. Dorda quriyotgan kiyimlarni yigʻib olishga chiqmang, u ham oʻzidan elektr oʻtkazishini yodda tuting.

14. Chaqmoq chaqayotgan vaqtda suv havzalarining yoniga bormang.

15. Unutmangki, chaqmoq oʻz yoʻlidagi eng baland nuqtaga hujum qiladi. Ochiq dalada bir oʻzingiz boʻlsangiz, hududdagi eng yuqori nuqtaga aylanasiz. Shu sababli daladagi yagona daraxt ostiga berkina koʻrmang.