“Chelsi” to‘qqiz yil deganda YeChL g‘olibiga aylandi

  • 09:00 / 30.05.2021
  • 181

YeChL final bahsi Portugaliyadagi “Dragau” stadionida Angliyaning «Manchester Siti» va «Chelsi» klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.  

Final bahsida “Chelsi”ning ustunigi sezilib turdi. Final londonliklar uchun YeChL tarixidagi uchinchisi, manchesterliklar uchun esa birinchisi edi. Qolaversa, Tomas Tuxel so‘nggi marta bir yil avval final atmosferasini tuygan bo‘lsa, Gvardiola YeChL finaliga chiqqaniga 10 yil bo‘lgan edi.

Birinchi bo‘lim boshida Timo Verner ikki marta golli vaziyatga ega chiqdi, “Siti”da esa xavfli vaziyatlar kuzatilmadi. Nihoyat, birinchi bo‘limning 42-daqiqasida Havers tablodagi hisobni ochdi – 0:1.

Ikkinchi bo‘limda ham Tuxel shogirdlari o‘yindagi ustunlikni boy berishmadi. Gvardiola Fernandino, Jezus va klubdagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazgan Agueroni maydonga tushirib, vaziyatni o‘nglashga intildi, biroq «Chelsi» o‘yin yakuniga qadar natijani saqlab qoldi.

Natijada, London klubi Siti’ga qarshi joriy yildagi o‘zaro so‘nggi uchinchi o‘yinida ham raqibidan ustunlik qilib, Chempionlar ligasi g‘olibiga aylandi. “Chelsi” 9 yillik tanaffusdan keyin YeChL bosh sovriniga ega chiqdi.