”Chelsi”ni YeChL g‘olibiga aylantirgan murabbiy klub bilan shartnomasini yangiladi 

  • 17:55 / 04.06.2021
  • 63

Londonning “Chelsi” jamoasi bosh murabbiy Tomas Tuxel bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klubning Twitter'dagi rasmiy sahifasida e’lon qilindi.

Shartnoma muddati 2024-yil iyungacha hisoblanadi.

Mutaxassis yangi shartnoma imzolanishi,  “aristokratlar” Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lgan taqdirda avtomatik tazda amalga oshishiga kelishib olinganligini ta’kidladi.

47 yoshli murabbiy 2021-yil yanvar oyida London klubini qabul qilib olgan edi. 

Ma’lumot uchun, uning qo‘l ostida klub Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish bilan birga Angliya kubogi finalchisiga aylandi. Shuningdek, Premyer-ligada 67 ochko to‘plab, mavsumni to‘rtinchi o‘rinda yakunladi.