“Comedy Wildlife Photography Awards” tanlovining eng yaxshi suratlari

  • 11:02 / 15.09.2021
  • 203

“Comedy Wildlife Photography Awards” tanlovi 2015-yilda professional suratkashlar – Pol Joyson Xiks va Tom Sallam tomonidan taʼsis etilgan. Ular yovvoyi tabiatni biz koʻrib odatlanmagan tomondan koʻrsatib berish istagida boʻlganlar. Shuningdek, tanlov tabiatni asrash fondlariga ham yordam koʻrsatadi.

Joriy yilda fotosuratlar tanlovi “Yovvoyi orangutanlarni qutqaring” xayriya tashkilotini qoʻllab-quvvatlamoqda. Tashkilotchilar tanlovdan olingan daromadning bir qismini xayriya ishlariga yoʻnaltirishadi. Tanlovda ishtirok etish uchun 7000 ta suratkashdan arizalar kelib tushgan va ularning ishlari orasidan eng yaxshilari tanlab olingan.

1. Tong. Dushanba. Ish.

2. Shodlik

3. Baliqlar operasi

4. Maktabga tayyorlan

5. Omadsiz burgut

6. Tonggacha raqs tushamiz

7. Kimdir ozishi kerak

8. Bu kim boʻldi?

9. Xayr, yoz!

10. Turarjoy masalasi

11. Hammangizdan nafratlanaman!

12. Eng koʻrkam pingvinlar

13. Bajarib boʻlmas topshiriq