COVID-19’ga qarshi emlash har yili o‘tkazilishi mumkin – Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi

  • 18:30 / 03.05.2021
  • 110

Koronavirusga qarshi emlash ham xuddi gripp virusiga qarshi emlash kabi har yili o‘tkazilishi mumkin.  

Bu haqda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi, tibbiyot fanlari doktori Sevara Ubaydullayeva ma’lum qildi.

Sevara Ubaydullayevaning ta’kidlashicha, koronavirus infeksiyasi tarqalishini jilovlashni nazorat qilish uchun aholining 70-80 foizini vaksinasiya qilish talab etiladi. 
Biroq O‘zbekistonda hozircha bolalar va homilador ayollarga vaksina qilinmayapti. Ayni paytda dunyo olimlari bolalar va homilador ayollar uchun maxsus vaksina ishlab chiqish ustida bosh qotirmoqda. Shu bois, vaksinasiya jarayoni keyingi yillarda ham davom ettirilishi mumkin.

–  Bunda yana bir jihatga to‘xtalib o‘tish lozim. Vaksinadan keyin hosil bo‘ladigan immunitet qancha muddatga saqlanishini hali dunyo olimlari to‘liq aniqlagani yo‘q. 

Agarda bu holatda infeksiyaga qarshi antitanachalar uzoq muddat saqlanmasa, ushbu vaksina bilan ham xuddi gripp virusiga qarshi emlanganimiz kabi har yili emlanish talab etilishi mumkin, – deydi Sevara Ubaydullayeva.