David Luiz faoliyatini Braziliyada davom ettiradi

  • 15:41 / 12.09.2021
  • 110

“Arsenal”, “Chelsi” va PSJning sobiq himoyachisi David Luiz faoliyatini Braziliyaning “Flamengo” klubida davom ettiradi.

34 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 2022-yil dekabrgacha moʻljallangan shartnoma imzoladi.

Himoyachi yangi jamoasi safida 23-raqam ostida toʻp tepadi.

Maʼlumot uchun, Luiz soʻnggi ikki mavsumni “Arsenal”da oʻtkazgan edi. Oʻtgan mavsum futbolchi APLda 20 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan.