Davlat ishtirokidagi korxonalar soni 23,4 foizga qisqaradi

  • 11:22 / 05.06.2021
  • 83

Davaktiv agentligi axborot xizmati Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan 56 ta vazirlik va idoralar tomonidan boshqarilayotgan jami 593 ta davlat ishtirokidagi korxonalarning tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi rejalashtirilganini ma’lum qildi.

Jumladan: 
–  66 tasini davlat muassasalari sifatida qayta tashkil etish;
–  73 tasini filial ko‘rinishida qayta tashkil etish;
–  454 tasini istiqbolsiz, faoliyat ko‘rsatmayotgan, zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli bo‘lganligi sababli belgilangan tartibda tugatish belgilanmoqda.

Qaror ijrosini ta’minlash natijasida, davlat ishtirokidagi korxonalar soni 23,4 foizga qisqaradi. 

Shu bilan birga, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yildan boshlab har yili 1-noyabrga qadar korxonalarda davlat ulushini saqlashni tanqidiy ko‘rib chiqqan holda ularni sotish, tugatish yoki qayta tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.