Di Kaprio, Blum va Stoun: bir oʻlimdan qolgan yulduzlar

  • 15:07 / 14.09.2021
  • 198

Mashhur insonlar va dunyo tan olgan yulduzlar ham yoqimsiz hodisalardan himoyalanmagan. Ularni bir nechta tansoqchilar himoya qilib yurishlariga qaramay, falokat oyoq ostidan chiqqan paytda yulduzlarga hech kim yordam bermay qoladi. Gollivudning mashhur ijodkorlari orasida ham bir oʻlimdan qolganlari yetarlicha.

Orlando Blum

1998-yilda taniqli aktyor Orlando Blum oʻlim changalidan qutulib qolgan. U quvurga osilib, oʻzi yashaydigan uyning tomiga chiqqan va mana shu paytda pastga qulagan. 3-qavat balandligidan yiqilgan Orlandoning umurtqasi qattiq jarohatlangan. Oʻsha vaqtlarda shifokorlar uning butun umr nogiron boʻlib qolishini taxmin qilganlar. Hayriyatki, taxmin haqiqatga aylanmadi.

Sheron Stoun

Sheron Stoun oʻz hayoti davomida omadsizliklarga juda koʻp bor duch kelgan. U bolalik yillarida kir osiladigan dor bilan boʻgʻilib qolishiga bir baxya qolgan ekan. Shifokorlar yirik venadan bir necha millimetr narida joylashgan jarohatni koʻrib hayratda qolishgan. Bundan tashqari, aktrisani oʻz vaqtida chaqmoq urib ketgan, 2001-yilda esa insultni boshdan kechirdi.

Kortni Koks

Kortni Koks “Doʻstlar” loyihasidagi hamkasblari bilan birga katta falokatdan qutulib qolgan. Ular Jennifer Enistonning tugʻilgan kunini nishonlash uchun Meksikaga yoʻl olganlar, aktyorlar parvoz qilayotgan shaxsiy samolyot shassisi birdagina ishdan chiqqan. Uchuvchi favqulodda qoʻnishni amalga oshirgan, bak yoqilgʻi bilan toʻla boʻlgani bois halokatdan qochib arang qochib qutulishgan.

Leonardo Di Kaprio

Leonardo Di Kaprio Galapagoss orollarida suv osti ekspeditsiyasiga tushgan paytida kislorod balloni ishlamay qoladi. Aktyorning hamkasbi Evard Norton shubhali holatni oʻz vaqtida payqagan va aktyorning hayotini saqlab qolgan.

Jerard Batler

Jerard Batler ham suvda choʻkib ketishiga bir baxya qolgan. Jerard syorfing bilan shugʻullanayotgan vaqtda ulkan toʻlqin ostida qolib ketgan, oqim aktyorni rif tomonga oqizgan. Xayriyatki, qutqaruvchilar uni oʻz vaqtida sohilga olib chiqqanlar. Ijodkor zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan.