Diyetologlar aslo iste’mol qilmaydigan 5 mahsulot

  • 14:46 / 22.07.2021
  • 190

Ovqat borasida diyetologdan nozikta’broq odamni topish qiyin. Albatta, oddiy odam uchun ularning ovqatlanish rejimi juda qattiqqoʻl va cheklovlarga toʻla koʻrinishi mumkin, ammo ba’zi qoidalarni oʻzlashtirgan foydalidir.

Qayta ishlangan goʻsht
Ya’ni har qanday yarim-fabrikat goʻsht mahsulotlari: sosisklar, kotletlar, kolbasa va boshqa mahsulotlarni diyetologlar ratsioningizdan butunlay olib tashlashni tavsiya qiladi. Bu mahsulotlarda katta miqdorda tuz, konservantlar va boshqa qoʻshimchalar mavjud. Bundan tashqari, ulardagi zararli yogʻlar salomatlikka va xolesterin darajasiga salbiy ta’sir koʻrsatadi.

Ketchup va boshqa souslar
Bunday mahsulotlarning yorliqlarini diqqat bilan oʻqisangiz, albatta, ularning tarkibida natriy, ta’m kuchaytirgichlar yoki juda koʻp miqdorda shakar borligini koʻrasiz. Salatga oʻzingiz sous tayyorlaganingiz yoki zaytun yogʻi qoʻshish bilan kifoyalanganingiz maqul, sun’iy mahsulotlarni ishlatgandan koʻra.

Rang-barang soʻrgʻich-qandlar
Qanchalik gʻalati tuyulmasin, bolalarning shirinliklari eng zararli mahsulotlardir. Haddan ortiq miqdordagi shakar va turli ozuqaviy qoʻshimchalar nafaqat tishlar salomatligi, balki vaznga ham ta’sirini oʻtkazadi. Qandlar va karamellardagi boʻsh kaloriyalar qorinni toʻydirmaydi, aksincha, ishtahani juda kuchaytiradi. 

Xom baliq va xom goʻsht
Bundagi cheklovlar kaloriyalar emas, sizning xavfsizligingiz bilan bogʻliq. Hayvonlarning xom goʻshtlarida patogen mikroorganizmlar boʻlishi mumkin. Pishirilmagan goʻsht yoki baliq iste’moli kasallikka yoki kamida ozuqaviy buzilishga olib kelishi mumkin. Yoqimsiz voqealarga duch kelmaslik uchun yuqoridagi mahsulotlar minimal darajada boʻlsa-da pishirilishiga e’tibor bering, shunda zararli mikroorganizmlarlar halok boʻladi.

Muzlatilgan taomlar
Faqar eritishni talab qiladigan tayyor mahsulotlar diyetologlar tomonidan qat’iy cheklanadi. Ularning tarkibida katta miqdorda tuz, shakar, konservantlar, ziravorlar va ta’m kuchaytirgichlar mavjud boʻlib, buncha qoʻshimchalar hatto qogʻozni yesa boladigan darajaga keltira oladi. Shuningdek, ularda kletchatka va oz boʻlsa-da foydali mahsulotlar mavjud emas.