Donald Tramp Floridada oʻtadigan boks kechasining markaziy jangida sharhlovchi sifatida xizmat qiladi

  • 19:53 / 08.09.2021
  • 229

Oqshomning markaziy jangida boks boʻyicha sobiq jahon chempioni UFC sobiq chempioniga qarshi ringga koʻtariladi.

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 11-sentyabrdan 12-sentyabrga oʻtar kechasi Floridada tashkil etiladigan boks kechasida sharhlovchi boʻlib xizmat qiladi. Bu haqda MMA Fighting xabar berdi. Sobiq prezident Evander Xolifild va Vitor Belfort oʻrtasidagi markaziy jangini sharhlaydi.

“Menga ajoyib janglar yoqadi, men buyuk jangchilarni yaxshi koʻraman. Men ular bilan shanba kuni kechqurun uchrashishni orziqib kutaman va bu borada oʻz fikrlarimni bildiraman. Siz bu maxsus tadbirni oʻtkazib yubormaysiz”, - deydi Tramp. 

Eslatib oʻtish mumkin, dastlab Oskar de la Xoya Belfort bilan uchrashishi rejalashtirilgan edi va Xolifild keyingi jangda Kevin Makbrayd bilan toʻqnash kelishi kerak edi, ammo bu jang bekor qilindi. De la Xoya esa koronavirusga chalinganidan soʻng, uning oʻrniga Xolifild keldi.

Maʼlumot uchun, Xolifild 1984-yilgi Olimpiya oʻyinlarining yarimogʻir vazn toifasida bronza medal sovrindori boʻlgan. U professional boks tarixida ogʻir vazn toifasida toʻrt karra jahon chempionligini qoʻlga kiritgan.

Vitor Belfort esa yarimogʻir vazn toifasida UFC sobiq chempioni hisoblanadi. 2018-yilda professional faoliyatini yakunlagan 44 yoshli braziliyalikning hisobida 26 gʻalaba va 14 magʻlubiyat bor.

Teglar