Dunyo bo‘yicha koronavirusdan vafot etganlar 5 million nafarga yetdi 

  • 17:36 / 14.10.2021
  • 76

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 239 million 130 mingdan ortiqni tashkil etmoqda. Shundan 4 million 873 ming nafardan ortig‘i vafot etgan.
Hozirda kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda turibdi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda AQShda koronavirusga chalinganlar 44, 683 milliondan ziyodni tashkil qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda Hindiston (34 milliondan ortiq), uchinchi o‘rinda Braziliya (21,597 milliondan ortiq) turibdi.
Shuningdek, Jons Xopkins universitetiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi 6 milliard 534 milliondan ortiq doza vaksina qo‘llanilgan.