Dunyodagi barcha davlatlarining umumiy qarzi ma’lum qilindi

  • 17:20 / 14.10.2021
  • 215

Dunyodagi barcha mamlakatlar umumiy davlat qarzi 88 trillion dollarga yetgani ma’lum qilindi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’umotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich jahon yalpi ichki mahsulotining deyarli 100 foizini tashkil qiladi. Bu haqida TASS xabar bermoqda. 
“Hozirda davlat qarzi 88 trillion dollarni tashkil etmoqda. Bu esa YAIMning 100 foiziga yaqin. 2021 va 2022-yillarda davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan yiliga qariyb 1 foizga kamayishi kutilmoqda. Bu esa YAIMning 97 foizini tashkil etishi kerak”, – deya Xalqaro valyuta jamg‘armasining byudjet masalalari bo‘yicha departamenti direktori Vitor Gasparning so‘zlarini keltiradi agentlik.