Dunyodagi eng qimmat erkaklar poyabzali yaratildi

  • 17:18 / 22.07.2021
  • 232

Birmingemdagi “Borgeze uyi” kompaniyasi dunyodagi eng qimmat erkaklar poyabzalini yaratdi. Poyabzalning ustki qismi olmoslar, ayrim detallari esa oltin bilan ishlangan.

Maʼlumotlarga koʻra, poyabzalning narxi 150 ming AQSh dollariga teng. U dizayner Kristofer Shellis tomonidan yaratilgan.

Dizayner poyabzalni yaratishda 1558-yilda toj kiygan qirolicha Yelizaveta I ning uslubidan ilhom olganini taʼkidlagan. Kompaniya vakillarining aytishlaricha, tufliga butun umrlik kafolat beriladi.