Dunyoning yetakchi texnologik kompaniyalaridagi oylik maoshlar ma'lum qilindi

  • 19:25 / 06.08.2021
  • 618

Pandemiyaga qaramay ushbu kompaniyalarda ish haqlari tushirilmagan. Aksincha, ushbu davr davomida texnologik kompaniyalar yuqori o‘sish namoyish etib juda ko‘p yangi ish o‘rinlari yarata olgan. CompTIA texnologik industriya assotsatsiyasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra texnologiya sanoatida ish o‘rinlarida o‘tgan  10 oy davomida doimiy o‘sish bo‘lgan. 2021-yilning birinchi yarim yilligida texnologik firmalar 80 000 dan ortiq yangi ishchi yollagan. 
Misol uchun, Alphabet (Google) kompaniyasi joriy yilning ikkinchi choragida 4000 dan ortiq yangi ishchilarni o‘z safiga qabul qilib olgan. Iyun oyining o‘zida umumiy hisobda 300 000 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlariga e‘lon berilgan. Ushbu e’lonlarning 25 foizi sun’iy intellekt mutaxassislariga atalgan. Bundan tashqari, dasturchilar, axborot texnologiyalari bo’yicha ekspertlar, loyiha menejerlari, injenerlar va arxitektorlar uchun ham talab yuqori.

Bevosita maoshlar masalasida gap ketganda, dunyoning eng mashhur kompaniyalaridan biri Google’ning injenerlik bo‘limi vitse-prezidenti 475 000 dollargacha maosh olishi mumkin. Dasturchilarga esa 353 000 dollar ish haqi taklif qilingan. Amazon kompaniyasi bulutli platforma mutaxasislari lavozimlariga qarab 90 800 dollardan to 185 000 dollargacha oylik daromad olishi mumkin.

Apple marketing bo‘limi tajribali xodimlari esa 240 000 dollardan 325 000 dollargacha maosh oladi. Microsoft kompaniyasi xodimlari lavozimlariga qarab 175 000 dollar yoki undan ko‘proq maosh olishi mumkin. Masalan, savdo menejerlarining oylik daromadi 250 000 dollarni tashkil etadi. Yuqoridagi kompaniyalar bilan raqobat qilishga harakat qilayotgan Uber kompaniyasining mahsulot menejerlariga 190 000 dollar, katta injenerlariga esa 200 000 dollar maosh to‘lanadi. Intel menejerlari 300 000 dollardan ko‘proq daromad topadi. Texnologik inqilob asoschilaridan biri hisoblanuvchi IBM kompaniyasi xodimlari 335 000 dollar oylik daromadga erishish imkoniyati mavjud.