Dushanbe shahridagi AYoQShda kuchli portlash sodir boʻldi

  • 07:40 / 02.05.2021
  • 138

Dushanbe shahrining gʻarbiy qismida joylashgan AYoQShda kuchli portlash sodir boʻldi. Hodisa oqibatida 15 kishi jabrlangani aytilmoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, alanga balandligi 50 metrdan oshgan, yaqin atrofdagi uylarda yashovchi odamlar qattiq jabr koʻrgan. Yongʻin bir yarim soat davomida oʻchirilgan.

Portlash oqibatida jabrlangan 15 nafar fuqaro kuyish va boshqa turdagi tan jarohatlari bilan tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan olib ketilgan.