Dushanbeda portlangan “zapravka” bo‘yicha tafsilotlar e’lon qilindi

  • 14:13 / 02.05.2021
  • 154

Tojikiston IIV rasmiylari Dushanbedagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash tafsilotlarini e’lon qildi.

Huquqni muhofaza qilish organlarining ma’lumotlariga ko‘ra, soat 18:30 atrofida Sino tumani hududidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘lgan. Dastlabki sabab – xavfsizlik choralariga rioya qilmaslik.

Favqulotda vaziyatlar maxsus komissiyasining xabar berishicha, yong‘in oqibatida 29 nafar kishi jarohat olgan, ulardan besh nafarining ahvoli og‘ir.