Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Olimpiadadagi raqiblari ma’lum 

  • 10:42 / 22.07.2021
  • 176

Biroz avval Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida dzyudo bahslari uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Kutilganidek, yilning eng muhim starti oldidan tashlangan qur’a ayrim sportchilar uchun uchun yengil kelgan bo‘lsa, ba’zilari uchun birmuncha murakkab yo‘lni taqdim qildi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik dzyudochilar Olimpiadani quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:

-60 kg: Sharofiddin Lutfillayev – Artyom Lesiuk (Ukraina) / Xose Ramov (Gvatemala)
-66 kg: Sardor Nurillayev – Denis Viyeru (Moldova)
-73 kg: Hikmatilloh To‘rayev – Igor Vantdeke (Germaniya)
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev – Ugo Kumbo (Vanatau)
-90 kg: Davlat Bobonov – Nikolas Mungai (Italiya)
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov – Benjamin Fletcher (Irlandiya)
+100 kg: Bekmurod Oltiboyev – Durenbayar Ulzibayar (Mo‘g‘iliston)
-52 kg: DiyoraKeldiyorova – Sosorbaram Lxagvasuren (Mo‘g‘iliston)
-63 kg: Farangiz Hojiyeva – Sandrin Billet (Kabo-Verde)
-70 kg: Gulnoza Matniyazova – Demos Memneloum (Chad)

Aralash jamoaviy yo‘nalish:
O‘zbekiston – Niderlandiya

Eslatib o‘tish mumkin, dzyudo bellashuvlari 24-iyul kuni erkaklar o‘rtasidagi -60 kg, ayollaro‘rtasidagi -48 kg vazn toifalari bilan boshlanadi.