Eden Azar Angliya premyer-ligasiga qaytishi mumkin

  • 13:01 / 22.07.2021
  • 56

“Real”da muvaffaqiyatsizlikka uchragan belgiyalik yarim himoyachi Eden Azar yana APLga qaytishi mumkin. Futbolchini uning sobiq klubi - Londonning “Chelsi” klubi sotib olishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, “aristokratlar” rahbariyati yarim himoyachining jamoaga qaytishi haqida o‘ylamoqda. Edenning o‘zi faoliyatini “Chelsi”da davom ettirishga qarshi emas, u hali ham jamoaning ba’zi futbolchilari bilan aloqada bo‘lib turibdi.

Azar “Qirollik klubi”ga 2019-yilda o‘tgan. Transfer uchun taxminan 115 million yevro to‘langan.

O‘tgan ikki mavsumda yarim himoyachi Ispaniya chempionatida 30ta o‘yin o‘tkazib, to‘rtta gol va sakkizta golli uzatma amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan.